Xitoyda suv toshqini sabab kollejda qolib ketgan talaba va o‘qituvchilar qutqarildi

Xitoyda suv toshqini sabab kollejda qolib ketgan talaba va o‘qituvchilar qutqarildi
  • 0
  • 13.07.2026 17:26:00
  • 1 daq o'qish

Xitoyning Guygan shahrida suv toshqini sabab, kollejda qolib ketgan 6 mingdan ortiq talaba va o‘qituvchi xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Qayd etilishicha, tinimsiz yog‘gan yomg‘ir natijasida kollej hududi va unga olib boruvchi yo‘llarni suv bosgan. Natijada, talabalar hamda pedagoglar kollejni tark eta olmagan. Qutqaruvchilar bir vaqtning o‘zida 500 nafar insonni 60 metrli mobil qayiq-ko‘prik yordamida evakuatsiya qilgan. Ular orasida halok bo‘lgan yoki og‘ir jarohat olganlar qayd etilmagan.
Mutaxassislar Guansi hududida kuchli yog‘ingarchilik davom etishi va yangi suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News