
- 0
- 28.04.2026 17:26:00
- 1 daq o'qish
Navoiy viloyati Karmana tumanida maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi Cobalt avtohalokatga uchradi. Halokat 22-aprel kuni tumanning “Malik” mahallasida sodir bo‘lgan. Mashina ichida Xazora qishlog‘i 22-umumta’lim maktabining ikki o‘quvchisi bo‘lgan. Cobalt yo‘ldan chiqib ketib ayanchli ahvolga kelib qolgan.
Aniqlanishicha, mashina shifoxonadagi o‘quvchining otasiga tegishli bo‘lgan. Biroq u rulni sherigiga berganini aytgan. Mashinani kim boshqarganini aniqlash uchun ekspertiza tayinlanishi mumkin.
YTH oqibatida 9-sinf o‘quvchisi I.H. shifoxonada vafot etgan. 11- sinf o‘quvchisi esa, tan jarohatlari tufayli shifoxonaga yotqizilgan.