Toshkentda qizlarni jinsiy ekspluatatsiya qilgan spa-salon fosh etildi

Toshkentda qizlarni jinsiy ekspluatatsiya qilgan spa-salon fosh etildi
  • 0
  • 28.07.2026 17:45:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahrida spa-salon niqobi ostida faoliyat yuritib, qizlarni ishga joylashtirish va’dasi bilan jalb qilgan hamda ularni intim xizmat ko‘rsatishga majburlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar ikki nafar qizni salon ichida majburan ushlab, ularga nisbatan zo‘ravonlik qilgan va mijozlarga intim xizmat ko‘rsatishga majburlagan. Maxsus reyd davomida yana yetti nafar qizning ham fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlangan. Tezkor tadbir chog‘ida gumonlanuvchilar 320 AQSH dollari va 6 million 250 ming so‘mni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News