
- 0
- 12.09.2026 10:40:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda ajrashish istagidagi oilalarni yarashtirish uchun muddat bermasdan ajratishning aniq asoslari belgilanishi mumkin. Bu haqda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnoza Kattaxonova Senat majlisida ma’lum qildi.
Taklifga ko‘ra, er yoki xotindan biri zo‘ravonlik yoki tazyiqqa uchragan, alkogol yoki narkotik moddalarga ruju qo‘ygan, OITSga chalingan yoki uch yil davomida sababsiz birga yashamagan bo‘lsa, yarashish muddati berilmasligi mumkin.
Amaldagi tartibda sud er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muddat berishi mumkin. Yangi qonun qabul qilinsa, ushbu tartibga o‘zgartirish kiritiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda 29 ming 353 ta ajrim qayd etilgan. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 5 foizga ko‘p.