Malayziyada 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanmoqda

Malayziyada 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlar cheklanmoqda
  • 0
  • 02.06.2026 13:00:00
  • 1 daq o'qish

Malayziyada 1-iyundan boshlab yangi qoidalarga ko‘ra, 16 yoshdan kichik foydalanuvchilarga Facebook, Instagram, TikTok va YouTube’da yangi akkaunt ochish taqiqlandi.

Mamlakatning onlayn xavfsizlik to‘g‘risidagi qonuni doirasida platformalar foydalanuvchilarning yoshini tekshirishi shart bo‘ladi. 16 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga esa akkauntlaridagi fotosurat va videolarni saqlab olish uchun bir oy muddat berilgan. Shundan so‘ng ularning akkauntlari cheklanishi yoki vaqtinchalik to‘xtatilishi mumkin.

Yoshni tekshirish tizimini to‘liq joriy etish uchun platformalarga olti oylik o‘tish davri berilgan.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News