Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
  • 1
  • 01.07.2026 11:03:00
  • 1 daq o'qish

Prezident qaroriga muvofiq, Sherzod Shokirovich Ibragimov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lum qildi. Yangi lavozimga o‘tishdan oldin, Sherzod Ibragimov Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

M’lumot uchun, u mehnat faoliyati davomida Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek, viloyat IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2022-yil noyabr oyida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i etib tayinlangan. 2024-yil iyulidan esa, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News