
- 10
- 16.09.2026 13:16:00
- 1 daq o'qish
Prezidenti 16-sentabr kuni Seul shahrida o‘tkazilgan birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etdi. Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari va Janubiy Koreya o‘rtasidagi xavfsizlik, savdo-iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalar, gumanitar almashinuv va boshqa yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha beshta strategik yo‘nalishni ilgari surdi:
— Uzoq muddatli strategik rejalashtirish. “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi: jadal rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik” konsepsiyasini ishlab chiqish hamda kibertahdidlarga qarshi hamkorlikni kuchaytirish;
— Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik. Sanoat va savdo vazirlari uchrashuvlari platformasini yaratish, 2030-yilgacha Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazish taklif etildi. Shuningdek, O‘zbekistonda “Markaziy Osiyo – Koreya” sanoat-texnologik parkini tashkil etishga tayyorlik ko‘rish;
— Muhim minerallar bo‘yicha hamkorlik. Geologik-qidiruv va qazib olishdan tortib, xomashyoni chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oluvchi Mintaqaviy investitsiya alyansini shakllantirish;
— “Yashil” taraqqiyot va iqlim masalalari. Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida iqlim va uglerod hamkorligi bo‘yicha alohida formatni yo‘lga qo‘yish;
— Yoshlar va inson kapitalini rivojlantirish. Uzoq muddatli hamkorlikni “buyurtma – o‘qitish – bandlik” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishdagi ishtirokini kengaytirish;
Sammit yakunida Seul deklaratsiyasi hamda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga oid qator hujjatlar qabul qilindi.