
- 16
- 14.09.2026 12:15:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. Prezident Seulga kelishi munosabati bilan Koreyada mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan ham uchrashdi. Ular bilan suhbat davomida o‘qish, mehnat faoliyati va kelajak rejalari haqida fikr almashildi.
Davlat rahbari vatandoshlarga muvaffaqiyat tilab, Koreyada egallanayotgan bilim va tajriba kelgusida O‘zbekiston rivojiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur uch kunlik tashrif davomida davlat rahbari Koreya Prezidenti Li Chje Myon bilan muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, Milliy Assambleya Spikeri, Bosh vazir, yirik kompaniyalar va moliya institutlari rahbarlari hamda Koreyada istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston–Koreya biznes forumida nutq so‘zlaydi. 16-sentabr kuni esa ilk “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etadi. Tashrif doirasida Koreya poytaxti va boshqa shaharlarda O‘zbekiston madaniyati kunlari ham o‘tkaziladi.