Samarqand—Urgut temiryo‘li o‘tkazilgan damba o‘pirilib tushdi

Samarqand—Urgut temiryo‘li o‘tkazilgan damba o‘pirilib tushdi
  • 0
  • 04.07.2026 17:23:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirilgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy munosabat bildirib, va’ziyat to‘liq nazorat ostiga olinganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 3-iyul kuni viloyatda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilib, Toyloq tumanidagi Samarqand—Urgut temiryo‘li oʻtgan daryo dambasini oʻpirib yuborgan. Kompaniya bunday gidrologik holat ushbu hududda so‘nggi 20 yil ichida kuzatilmaganligini ta’kidladi.

Hozirda, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida daryo qirg‘oqlarini xarsang toshlar bilan mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. Tiklash jarayoniga 15 ta maxsus texnika jalb qilinib, hududga 30 ta dumpkar vagon orqali xarsang toshlar yetkazilgan. Shuningdek,qurilish materiallari ortilgan yana 130 ta dumpkar tiklash ishlariga yo‘naltirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News