
- 3
- 10.09.2026 13:46:00
- 1 daq o'qish
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva amaldagi lavozimini saqlab qolgan holda, o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Tegishli tayinlov Prezident farmoni bilan amalga oshirildi.
Boshqaruvchi Moliya markazi Kengashining Bosh kotibi hisoblanadi. U Kengash majlislarining kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais ishtirok etmagan yig‘ilishlarga rahbarlik qiladi hamda markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtiradi.
Shuningdek, boshqaruvchi Markaz nomidan O‘zbekiston va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda vakillik qiladi.
Lavozim doirasida u kadrlar bo‘yicha qarorlarni tayyorlashda, ishchi guruhlar tuzishda, bitimlar imzolashda va zarur ekspertlarni jalb etishda ishtirok etadi.