
- 9
- 23.09.2026 12:13:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSHda Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasi muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlar va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilik takomillashtirildi. Bu xalqaro to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko‘ra, YouTube monetizatsiyasining yo‘lga qo‘yilishi mahalliy reklama bozori hajmini oshirishi va O‘zbekiston YIMini 0,05–0,1 foizga ko‘paytirishi mumkin.
Shuningdek, Google bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tomonlar oldinda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar borligini takidladi.
Hozirda YouTube monetizatsiyasi 100 dan ortiq davlatda mavjud. Markaziy Osiyoda esa ushbu xizmat faqat Qozog‘istonda ishlaydi.