Ruminiyada ayollarni o‘ldirganlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi

Ruminiyada ayollarni o‘ldirganlik uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi
  • 0
  • 28.04.2026 11:34:00
  • 1 daq o'qish

Ruminiyada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va qotillik jinoyatlari uchun jazolar keskin kuchaytirildi. Yangi qonunga ko‘ra, ayollarni o‘ldirgan shaxslarga 15 yildan 25 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Qonun mamlakat prezidenti tomonidan imzolandi va ayollar hamda bolalar xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan. Rasmiylarga ko‘ra, bu qaror oilaviy zo‘ravonlik va qotillik holatlari oshgani sababli qabul qilingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ruminiyada 2025-yilning birinchi 8 oyida 33 ta qotillik qayd etilgan bo‘lib, ularning katta qismi ayollarga nisbatan sodir etilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News