
- 1
- 23.06.2026 17:15:00
- 1 daq o'qish
AQSHning Ogayo shtatida xizmat qilgan DubBot nomli robot politsiyachi 10 oy davomida birorta ham qoidabuzarlikni qayd etmagani sabab ishdan bo‘shatildi.
Robot Dublin shahridagi avtoturargohlarda patrullik qilib, xavfsizlikni kuzatishi va shubhali holatlar haqida xabar berishi kerak edi. Biroq uning faoliyati davomida birorta ham jarima rasmiylashtirilmagan.
Shahar ma’muriyati qurilma texnik jihatdan to‘g‘ri ishlaganini, ammo amaliy foyda keltirmaganini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bitta robotning qiymati qariyb 67 ming dollarni tashkil etgan. Shu sabab loyiha davom ettirilmay, ikkinchi robotni ishga tushirish rejasi ham bekor qilingan.