Turkiyadagi pensionerlarning norozilik namoyishida nafaqadagi politsiyachi o‘z joniga qasd qildi

Turkiyadagi pensionerlarning norozilik namoyishida nafaqadagi politsiyachi o‘z joniga qasd qildi
  • 14
  • 26.09.2026 17:18:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning Anqara shahrida nafaqa miqdoridan norozi pensionerlarning pensiyalarni oshirish talabi bilan o‘tkazgan namoyishi vaqtida iste’fodagi politsiyachi Ali Shekero‘g‘li joniga qasd qildi. U shifoxonada vafot etdi.

60 yoshli Shekero‘g‘li 25 ta pensioner tashkiloti ishtirokidagi aksiya vaqtida o‘zining xizmat quroli bilan o‘zini otgan. U voqeadan avval moddiy qiyinchiliklari haqida gapirgani va “Kun kechira olmayapman” degani xabar qilingan. U aksiyada “Pul uchun emas, qadr-qimmatimiz uchun” mazmunidagi yozuvni ham olib yurgan. Guvohlarning aytishicha, u voqeadan oldin nabirasi tug‘ilgani, biroq unga tilla sovg‘a qila olmaganini aytgan. Bu ma’lumotlar guvohlarning so‘zlariga asoslangan.

Namoyishchilar pensionerlarga bir xil miqdorda qo‘shimcha to‘lov joriy etilishi va pensiyalar oshirilishini talab qilgan. Aksiya davomida hukumat iste’fosiga chaqiriqlar ham yangragan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News