Rossiyada yana migrantlar tahqirlangani aytilmoqda

Rossiyada yana migrantlar tahqirlangani aytilmoqda
  • 0
  • 30.07.2026 11:39:00
  • 1 daq o'qish

Rossiyaning Moskva shahridagi qurilish maydonlaridan birida migrantlar tahqirlangani haqida xabar qilindi.
Kun.uz'ga murojaat qilgan yurtdoshning so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ish joyiga kelib, o‘zbekistonlik, qirg‘izistonlik va tojikistonlik ishchilarni bir joyga to‘plagan hamda hujjatlarini tekshirishdan avval ularni cho‘kkalab yurishga majbur qilgan.
Ma’lum qilinishicha, keyinchalik tekshiruvdan o‘tgan migrantlarning barcha hujjatlari joyida bo‘lgan. Holat yuzasidan rasmiy idoralar hozircha munosabat bildirmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News