
- 0
- 29.04.2026 17:07:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston musulmonlar idorasi 2026-yilgi Haj ziyorati narxi va kvotalari sonini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yilgi haj mavsumi 2-maydan boshlanib, ziyoratchilar uchun 15 mingta kvota ajratilgan. Bir kishi uchun haj ziyoratining narxi esa, 77 million 73 ming so‘mni tashkil etadi. Ziyoratchilar, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlaridagi aeroportlardan Madina shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchishlari mumkin. Ziyoratchilarni Madina shahriga yetkazish, Saudiya Arabistonining “Fly Adeal” aviakompaniyasi tomonidan, O‘zbekistonga qaytarish esa, “Uzbekistan Airways” tomonidan amalga oshiriladi.