
- 0
- 11.09.2026 14:31:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 16–17-sentyabr kunlari Janubiy Koreyaning Seul shahrida Janubiy Koreya–Markaziy Osiyo birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ishtirok etadi.
Sammit doirasida savdo, investitsiya, energetika, muhim minerallar va ta’minot zanjirlari kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Xususan, Janubiy Koreya prezidenti 14–16-sentyabr kunlari Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari bilan alohida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, sammit dastlab 2025-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, Janubiy Koreyada sobiq prezident Yun Sok Yolning harbiy holat joriy etishga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinishidan keyingi siyosiy o‘zgarishlar sabab tadbir 2026-yilga qoldirilgan.