Prezident madaniyat va san’at sohasi vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi

Prezident madaniyat va san’at sohasi vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi
  • 5
  • 01.06.2026 14:16:00
  • 1 daq o'qish

Prezidentining 28-maydagi farmoniga muvofiq, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida faoliyat yuritayotgan bir guruh ijodkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Bugun Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida ushbu mukofotlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Davlat Rahbari o‘z nutqida mamlakat qudrati nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar, balki ma’naviyat, madaniyat, adabiyot va san’at darajasi bilan ham belgilanishini ta’kidladi. Tadbirda sohaning167 nafar ilg‘or vakili yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida yozuvchi va shoirlar, xonanda va sozandalar, teatr va kino arboblari, rassomlar, hunarmandlar hamda madaniyat sohasining boshqa vakillari ham bor.

 

Shuningdek, ijodi bilan xalq qalbida mangu qolgan 24 nafar marhum ijodkor ham vafotidan so‘ng mukofotlandi. Prezident ularning xotirasini e’zozlash xalqning ma’naviy burchi ekanini ta’kidladi. Marosimda davlat mukofotlari sohiblariga faxriy unvonlar, orden va medallar tantanali ravishda topshirildi. Mukofotlanganlar prezidentga yaratilgan e’tibor va sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News