
- 0
- 07.03.2026 08:25:00
- 1 daq o'qish
6-mart kuni Ko‘ksaroy qarorgohida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori, qashqadaryolik ijodkor Latofat Amirovaga 2 xonali uy sovg‘a qildi.
Tadbir davomida Amirova prezidentga xotin-qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, o‘z she’rlaridan o‘qib bergan. Shundan so‘ng davlat rahbari unga ikki xonali uy berish haqida qaror qabul qilgan.