
- 0
- 21.07.2026 18:46:00
- 1 daq o'qish
Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sanoat va eksport ko‘rsatkichlari past bo‘lgan 17 ta shahar va tuman faoliyati keskin tanqid qilindi.
Sanoat o‘sishi prognozdan ortda qolgan hududlar qatoriga Yangiobod tumani, G‘ozg‘on shahri, Muzrabot, Qiziriq va Oltiariq tumanlari kirdi. Eksport yo‘nalishida esa Kasbi, Denov, Toshkent tumani, Jizzax shahri, Paxtaobod, Navoiy shahri, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzacho‘l, Yozyovon va Bektemir tumanlarida ishlar sust ekani qayd etildi.
Shu munosabat bilan Prezident Bosh vazirga mazkur 17 nafar hokimning lavozimiga loyiqligini bugunning o‘zida ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, ushbu hududlarda to‘qqiz oy yakunigacha sanoat va eksport ko‘rsatkichlari yaxshilanmasa, viloyat hokimlarining tegishli o‘rinbosarlariga nisbatan ham qat'iy choralar ko‘rilishi belgilandi.