Prezident Xorazmdagi sut mahsulotlari korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Prezident Xorazmdagi sut mahsulotlari korxonasi faoliyati bilan tanishdi
  • 8
  • 17.08.2026 16:40:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev Urganch tumanidagi “Tillo domor” korxonasining yangi ishlab chiqarish majmuasida sutni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, umumiy qiymati 11 million dollar bo‘lgan korxona yiliga qariyb 100 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonada hozirda Bolgariyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar yordamida pishloq, qaymoq, smetana, tvorog, qatiq va kefir kabi 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Xomashyo har kuni 100 dan ziyod fermer xo‘jaligi va aholidan xarid qilinadi. Shuningdek, 120 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, kelgusida yana 100 ta yangi ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan.

Prezident uchrashuvda mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda korxonalarni xomashyo bilan barqaror ta’minlash muhimligini ta’kidladi. Mutasaddilarga tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News