
- 0
- 09.07.2026 11:19:00
- 1 daq o'qish
7-iyul kuni Hindistonning Kerala shtatida tinimsiz yog‘gan kuchli yomg‘ir oqibatida yirik ko‘chki yuz berdi.
Hodisa Vayanad–Kalladi tunneli qurilishi olib borilayotgan joyda sodir bo‘lgan. Loy ostida qolgan ishchilarni hamkasblari o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘ygan holda qutqarib qolishgan.
Videoda kuchli ko‘chki katta yuk mashinasini oqizib ketgani va mahalliy infrastrukturaga ham zarar yetkazganini ko‘rish mumkin.
Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.