
- 0
- 01.06.2026 10:23:00
- 1 daq o'qish
Niderlandiyadagi qochqinlar markazlaridan birida politsiya homilador ayolga nisbatan kuch ishlatib, uni yerga uloqtirdi. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, politsiya markazga tahdid va vandalizm holatlari haqida kelib tushgan xabarlardan so‘ng yetib kelgan. Huquq-tartibot xodimlari tartibsizlikda gumon qilingan shaxsni qo‘lga olmoqchi bo‘lganida, uning rafiqasi ekani taxmin qilinayotgan homilador ayol ularga yaqinlashgan.
Ayrim manbalarga ko‘ra, ayol voqeadan so‘ng muddatidan oldin farzandini dunyoga keltirgan. Chaqaloqning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Holat yuzasidan politsiya xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlangan.