
- 0
- 27.06.2026 10:43:00
- 1 daq o'qish
26-iyun kuni Xitoy poytaxti Pekindagi 109 qavatli CITIC Tower (China Zun) binosiga yengil sport samolyoti urildi.
Voqea oqibatida binodan parchalar qulagan, bir nechta avtomobilga zarar yetgan. Hodisadan so‘ng bino evakuatsiya qilinib, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, politsiya va tez yordam xizmatlari yetib kelgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot Xitoyda ishlab chiqarilgan Sunward SA 60L Aurora rusumidagi yengil sport samolyoti bo‘lib, parvoz vaqtida belgilangan yo‘nalishdan chetga chiqib ketgan. Hodisa sabablari yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.