
- 0
- 06.08.2026 17:22:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga qarashli quvur yorilgani aks etgan videolar tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 5-avgust kuni soat 11:55 da Mis boyitish fabrikasining chiqindi saqlash omboriga olib boruvchi magistral quvurda sodir bo‘lgan. Korxona mutaxassislari tomonidan quvur qisqa muddatda ta’mirlanib, nosozlik bartaraf etilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi mutaxassislari voqea joyidan tahlil uchun namunalar oldi. Natijalarga ko‘ra qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.