
- 0
- 24.04.2026 18:11:00
- 1 daq o'qish
AQSHning Florida shtatida g‘ayrioddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Avtoturargohda harakatlanayotgan ayol haydovchi o‘zining pikapini Lamborghini ustiga haydab yubordi. Ayol ko‘rmay qolganini aytgan. Lamborghini esa jiddiy shikastlangan, biroq uning egasi vaziyatga xotirjam munosabat bildirib, “moddiy narsalar muhim emas, eng muhimi — sog‘lig‘imiz” degan.
Hodisa tasvirlari tez orada ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.