
- 0
- 12.03.2026 16:21:00
- 1 daq o'qish
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 12-mart kuni avtomobil yo‘lining bir qismi o‘pirilib tushdi. Hodisa Temur Malik va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi chorrahasi yaqinidagi yo‘l o‘tkazgich atrofida yuz bergan.
Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hudud o‘rab olinib, voqea joyiga mutaxassislar va avariya xizmatlari jalb qilingan. Hozirda texnik tekshiruv o‘tkazilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, hodisaga so‘nggi kunlardagi kuchli yog‘ingarchilik va tuproqning haddan tashqari namlanishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Ushbu yo‘l 2024-yilda rekonstruksiya qilingan va xizmat ko‘rsatish muddati 100 yildan ortiqligi qayd etilgandi.