
- 0
- 12.05.2026 17:22:00
- 1 daq o'qish
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi Komsomolsk shahrida 2 yoshli qizchasini qutiga solib, uzoq vaqt qiynoqqa solgan ota-onaga sud hukmi e’lon qilindi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 27 va 29 yoshli ota-ona 2024-yilda qizini taxminan 5 oy davomida qutiga qamab, harakatlanish imkonidan mahrum qilgan. Ular bolaga ovqat va suv bermay, uni antisanitar sharoitda saqlagan. Natijada qizcha o‘ta darajada ozib ketib, vafot etgan. Ota-ona esa bunga sabab sifatida qizining bir xonali kvartirada harakatlanishi ularni bezovta qilganini aytgan.
Sud ularni qasddan qiynash va qotillikda aybdor deb topib, har biriga 20 yildan ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.