Falastin futbol rahbari isroillik hamkasbi bilan qo‘l berib ko‘rishmadi

Falastin futbol rahbari isroillik hamkasbi bilan qo‘l berib ko‘rishmadi
  • 0
  • 01.05.2026 17:59:00
  • 1 daq o'qish

Kanadada o‘tgan FIFA kongressida Falastin futbol federatsiyasi prezidenti Jibril Rajub isroillik hamkasbi — assotsiatsiya vitse-prezidenti Basim Suleymon bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortdi.
Ular minbarga FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan birga chaqirilgan, biroq Rajub yaqinlashmagan. Infantino uni Suleymonga tomon undagan bo‘lsa-da, bu urinish natija bermagan.
Falastin tomoni bu qarorni Isroilning harakatlariga norozilik bilan izohladi. Isroil vakili esa G‘azoda genotsid borligini rad etdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News