
- 2
- 12.09.2026 15:59:00
- 1 daq o'qish
Qozog‘istonning Ostona shahrida vafot etgan donorning yuragi, o‘pkasi va jigari transplantatsiya uchun olindi. Uning organlari birdaniga 3 nafar bemorga yashash uchun imkon bergan. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, bunday murakkab jarayonlar shifokorlar, transplantologlar, donor koordinatorlari va sanitariya aviatsiyasi xodimlarining hamjihatlikdagi mehnatini talab qiladi. Vazirlik donorning og‘ir vaziyatda murakkab qaror qabul qilgan oilasiga alohida minnatdorlik bildirgan.
Joriy yil boshidan 11-sentabr holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda 132 nafar potensial vafot etgan donor aniqlangan hamda 205 ta transplantatsiya amalga oshirilgan. Vafot etgan donorlardan esa jami 42 ta organ ko‘chirib o‘tkazilgan.