
- 7
- 19.06.2026 12:23:00
- 1 daq o'qish
Qashqadaryo viloyatida sudya yordamchisi, Xorazm viloyatida esa, hokim yordamchisi pora olish bilan qo‘lga olindi. DXX ma’lumotiga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudi sudya yordamchisi MIB tizimida ishlayotgan fuqaroni tanishlari orqali boshqa tumanga ishga o‘tkazib berishini va’da qilib, buning evaziga 2500 AQSH dollari talab qilgan. Tezkor tadbir davomida sudya yordamchisi pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidagi “Ziyolilar” MFY hokim yordamchisi fuqaroni Toshkent gumanitar fanlar universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, 1400 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushgan. Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.