
- 1
- 02.05.2026 17:18:00
- 1 daq o'qish
22-yoshli Xitoylik Xiolian ismli yigit 2012-yili og‘ir avtohalokatni boshidan o‘tkazdi va halokatda burni jiddiy shikastlandi. Yuzaga kelgan infeksiya burun tog‘ayini yeb yuborgani sababli, jarrohlarning uni tuzatishi imkonsiz edi. Keyinchalik, Xitoyning Fuchjou shahridagi shifoxonada yigitga yangi a’zo yetishtirishga qaror qilishdi. Protez yosh yigitning peshonasiga teri to‘qimasini kengaytiruvchi moslama joylashtirish, unga burun shakli berish va qovurg‘alaridan olingan tog‘ayini qo‘shish orqali shakllantirildi.
Shifokorlar yangi burun yaxshi holatda rivojlanayotganini va burun ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini kutilganidek amalga oshira olishlarini ma’lum qilishdi. Shuningek, peshona qismi burunni qayta tiklashda qo‘shimcha to‘qima olish uchun qulay joy hisoblanishi va u yerdagi teri burun terisi bilan yaxshi mos kelishi ta’kidlandi. Chunki peshona terisini burun qismiga ko‘chirish mumkin va qon aylanishini saqlab qolsa bo‘ladi.