
- 1
- 03.06.2026 12:59:00
- 1 daq o'qish
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Toshkent viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qariyb 9 kg narkotik olib ketayotgan shaxs qoʻlga olindi.
Qayd etilishicha, “Toshkent–Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Tracker” rusumli avtomobil yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, tekshiruvdan o‘tkazilgan.
1990-yilda tug‘ilgan, ilgari sudlangan haydovchi boshqaruvidagi avtomobil xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, mashina salonidan 1,72 gramm narkotik modda, yukxonasidan esa, 8 kg 913 gramm “gashish” moddasi topilgan.
Hozirda, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati
fuqarolardan giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq holatlar boʻyicha DXXning 1520 qisqa raqamiga xabar berishini so‘radi. Shaxsiy ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.