Anqarada NATO sammiti: asosiy e’tibor Ukraina va Yevropa mudofaasi

Anqarada NATO sammiti: asosiy e’tibor Ukraina va Yevropa mudofaasi
  • 1
  • 08.07.2026 14:46:00
  • 1 daq o'qish

7-iyul kuni kechqurun Turkiya poytaxti Anqarada NATOning ikki kunlik sammiti o‘z ishini boshladi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Prezident saroyida ittifoqqa a’zo 32 davlat rahbarlari uchun tantanali kechki ziyofat uyushtirdi. Tadbirda NATOga a’zo davlatlar yetakchilaridan tashqari, Ukraina, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirok etmoqda.

Sammitning asosiy ishchi sessiyalari 8-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarning markaziy mavzulari Ukrainaga Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda ko‘makni davom ettirish hamda Yevropa mudofaa salohiyatini mustahkamlash masalalari bo‘ladi. Shuningdek, kelgusida alyans xavfsizligi uchun mas’uliyatning katta qismini Yevropa davlatlari zimmasiga yuklash masalasi ham muhokama qilinadi.


AQSH NATO doirasida mudofaa xarajatlari va mas’uliyatni yanada adolatli taqsimlash zarurligini ta’kidlamoqda. Sammit arafasida NATO bosh kotibi Mark Rutte so‘nggi 18 oy davomida Yevropa davlatlari va Kanada mudofaa hamda xavfsizlik sohasiga ajratilayotgan mablag‘larni sezilarli darajada oshirganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirning o‘zida ushbu mamlakatlar mazkur yo‘nalishga yalpi ichki mahsulotining qariyb 4 foizini yo‘naltirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News