MrBeast Toshkentda YTHga uchramagan — YHXB

MrBeast Toshkentda YTHga uchramagan — YHXB
  • 15
  • 09.10.2026 18:44:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda bloger MrBeast Toshkentda yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bu ma’lumotni rad etdi.

Ma’lum qilinishicha, bloger Toshkentda bo‘lgan vaqtida u harakatlangan transport vositasi YTHga uchramagan va doimiy kuzatuv ostida bo‘lgan. MrBeast transport vositasi Hindistonning Dehli shahrida shikastlanganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik bloger Jimmi Donaldson, ya’ni MrBeast, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbir doirasida Toshkentda bo‘lib turibdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News