
- 0
- 27.04.2026 10:28:00
- 1 daq o'qish
Meksikada 27 yoshli sobiq go‘zallik malikasi Karolina Flores Gomes o‘z uyida otib o‘ldirildi. Kuzatuv kameralariga tushgan tasvirlarga ko‘ra, Karolinani qaynonasi o‘ldirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, kelin bilan qaynona o‘rtasida avvaldan kelishmovchiliklar bo‘lgan. Videoda ayol vahima ichida kelgan o‘g‘liga “u seni mendan olib qo‘ydi” degan. Shu sabab, qaynona aynan o‘g‘lini qizg‘angani uchun kelinini otib o‘ldirgani haqida taxminlar mavjud. Karolina yaqinda ona bo‘lgan, uning 8 oylik chaqalog‘i yetim qolgan.
Asosiy gumondorlar marhumaning qaynonasi va eri. Holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.