Mujtabo Xomanaiy yaralangan

Mujtabo Xomanaiy yaralangan
  • 0
  • 12.03.2026 16:23:00
  • 1 daq o'qish

Bir necha kundan beri Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy yaralangani haqida xabarlar tarqalgandi. Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘oiy Italiyaning “Corriere della Sera” gazetasiga bergan intervyusida Mujtaboning yaralanganini tasdiqladi. Mujtabo oyoq panjasini sindirib, chap ko‘zi atrofida qontalash va yuzida mayda shilinishlar olgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekanligi ma’lum qilingan.

56 yoshli Mujtabo Xomanaiy 8-mart kuni Ulamolar kengashi tomonidan Eron oliy rahnamosi etib tayinlangan. U uzoq yillar otasining idorasiga rahbarlik qilib kelgan va davlat boshqaruvida muhim rol o‘ynagan. Biroq jamoatchilik oldida kam ko‘rinish beradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News