Yo‘qolgan 5 yoshli bola o‘zi qidirilgan mashina yukxonasidan topildi

Yo‘qolgan 5 yoshli bola o‘zi qidirilgan mashina yukxonasidan topildi
  • 3
  • 16.06.2026 17:06:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyada 5 yoshli bola otasining yangi avtomobili yukxonasiga kirib, tasodifan ichkaridan qamalib qoldi. Farzandini topa olmagan ota-ona uni qidirish uchun aynan shu mashinaga minib ko‘chalarda izlay boshlagan.
Biroz vaqt o‘tgach, avtomobildan kelayotgan tovushlarni eshitgan oila bolaning yukxonada ekanini payqagan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar mashinaning orqa o‘rindig‘ini yechib, bolani sog‘-salomat olib chiqishgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News