
- 0
- 03.03.2026 07:59:00
- 1 daq o'qish
Livanning “Hizbulloh” guruhi 2-martga o‘tar kechasi Isroil hududiga raketalar uchirdi. Guruh bayonotida hujumlar Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘limi uchun qasos sifatida amalga oshirilgani ta’kidlandi.
Isroil armiyasi bunga javoban Livan bo‘ylab “Hizbulloh” nishonlariga, jumladan Bayrutning janubiy hududlariga zarbalar berdi. Livan bosh vaziri Navaf Salom mamlakat janubidan raketa uchirilishini mas’uliyatsiz va xavfsizlikka tahdid soluvchi harakat deb baholadi.
Bu hujum AQSH va Isroilning Eronga zarbalari boshlanganidan beri Livan hududidan amalga oshirilgan ilk hujum bo‘ldi.