Sotuvchi ayolni ov qurolida urib, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

Sotuvchi ayolni ov qurolida urib, uni o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
  • 0
  • 29.04.2026 15:49:00
  • 1 daq o'qish

Avvalroq Ohangaronda sotuvchi ayolni miltiq bilan jarohatlagan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi. Unga nisbatan hukm o‘qilib, 4 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Voqea 2025-yil oktabr oyida sodir bo‘lgan. 1992-yilda tug‘ilgan erkak kechki payt do‘konga ov quroli bilan kirib, so‘ngra do‘kon sotuvchisi — ilgari birga yashagan shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, o‘ldirish bilan tahdid qilgan va boshiga miltiq qo‘ndog‘i bilan urib jarohat yetkazgan.

Sudda ma’lum bo‘lishicha, voqea kuni erkak mast holatda bo‘lgan va ayol bilan tortishuvdan so‘ng unga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan chiqib ketgan.

Sud hukmiga ko‘ra, erkakka Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bo‘yicha aybli deb topildi va unga 4 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News