
- 0
- 13.05.2026 10:22:00
- 1 daq o'qish
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida yashovchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan og‘ir zo‘ravonlikka uchragani haqida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mart oyida erkak ayolning yuziga ikki marta qaynoq suv sepgan. Voqeadan so‘ng esa O‘zbekistonga qochib ketgan.
Jabrlanuvchi ayol O‘sh shahar hokimi qabulida bo‘lib, aybdorni topish va jazolashda amaliy yordam so‘ragan. U 27 kun davomida shifoxonada davolanganini va bu vaqt mobaynida turmush o‘rtog‘i hamda uning qarindoshlari tomonidan yordam bo‘lmaganini aytgan. Ayol kasalxonada yotganida ichki ishlar organlariga xabar bergan, biroq erkakni topishni va’da qilgan ichki ishlar xodimidan ham foyda chiqmagan. Shuningdek, ayol 3 oydan beri erkak hali ham qo‘lga olinmaganini bildirgan.