
- 0
- 02.03.2026 08:24:00
- 1 daq o'qish
Toshkentda YPX xodimining halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan YTH ortidan BMW M4 avtomobilini tyuning qilgan va ijtimoiy tarmoqlarda qoidabuzarligidan faxrlangan atelye rahbari Asadbek Jumayev jamoatchilikdan uzr so‘radi. U Jamoat xavfsizligi departamentiga bergan intervyusida voyaga yetmagan shaxsning hujjatlarsiz mashina haydashini bilgani, biroq buni to‘xtatmaganini tan oldi. Jumayev tezlikni oshirishga xizmat qilgan o‘zgartirishlar qilgani uchun o‘zini ma’naviy jihatdan mas’ul deb hisoblashini bildirdi.
2010-yilda tug‘ilgan 10-sinf o‘quvchisi 25-fevral kuni tanishiga tegishli BMW’da YPX inspektori Hosilbek Eshnazarovni urib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi.