Turkiyada erkak ayolining burnini tishlab uzib oldi

Turkiyada erkak ayolining burnini tishlab uzib oldi
  • 1
  • 18.07.2026 18:34:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyaning Manisa viloyatida mast holatda bo‘lgani aytilayotgan erkak rafiqasi bilan janjallashib, uning burnini tishlab uzib oldi. Qayd etilishicha, erkak avval xotinining bo‘ynidan bug‘a boshlagan, ayol keskin qarshilik ko‘rsatganidan keyin uning burnini tishlab uzib olgan. Voqea joyiga yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari yetib kelib, ayolni balkon orqali qutqarib olishgan. Shifoxonada o‘tkazilgan muvaffaqiyatli operatsiya natijasida uzilgan burun qayta tikilgan. Hozirda, mazkur holat yuzasidan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News