AQSHda erkak eskalatorda yiqilib vafot etdi

AQSHda erkak eskalatorda yiqilib vafot etdi
  • 0
  • 19.05.2026 15:25:00
  • 1 daq o'qish

Boston shahrida 40 yoshli ikki farzandning otasi eskalatorda yuz bergan fojia oqibatida vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak 27-fevral kuni metro bekatida eskalatordan tushayotganda yiqilib, kiyimlari eskalator mexanizmiga ilinib qolgan. Natijada u og‘ir jarohat olgan.
Fojia videosi yaqinda ommaga e’lon qilindi. Unda odamlar voqea joyidan o‘tib ketgani, hech kim darhol yordam ko‘rsatmagani aks etgan. U deyarli yarim soat eskalatorda qolib ketgan. Keyinchalik transport xizmati xodimi eskalatorni to‘xtatib, tez yordam chaqirgan. Erkak o‘n kun komada yotib, olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa odamlar befarq bo‘lmay, vaqtida yordam ko‘rsatganida erkak omon qolishi mumkin edi, degan fikrlarni yozmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News