Misrda 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Misrda 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
  • 0
  • 04.08.2026 18:15:00
  • 1 daq o'qish

Misrda 3-avgustga o‘tar kechasi 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yerosti silkinishlarining epitsentri Suvaysh shahridan 38 kilometr shimolda joylashgan bo‘lib, zilzila Isroil, G‘azo sektori, Iordaniya va Livan hududlarida ham sezildi.
Hozircha qurbonlar, jabrlanganlar yoki jiddiy talafotlar haqida ma’lumot yo‘q. Zilziladan so‘ng Misr Qizil Yarim Oy jamiyati favqulodda choralar rejasini ishga tushirdi va aholiga shikastlangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan binolarga kirmaslik hamda rasmiy xabarlarga amal qilish tavsiya etildi.
Germaniya Yer tadqiqotlari markazi esa zilzila magnitudasini 5,4 deb baholadi. Unga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i taxminan 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News