Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashdi: 3 kishi halok bo‘ldi

Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashdi: 3 kishi halok bo‘ldi
  • 4
  • 17.06.2026 11:59:00
  • 1 daq o'qish

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Lacetti va BYD avtomobillari ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lacetti haydovchisi chorrahada chapga burilayotgan vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan BYD bilan to‘qnashgan. Aniqlanishicha, BYD avtomobilini haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan voyaga yetmagan shaxs boshqargan.
YTH oqibatida Lacetti haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News