
- 6
- 27.06.2026 17:25:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Angliyaning "Manchester Siti" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov JCH–2026 ishtirokchisi bo‘lgan 48 davlat futbolchilari orasida eng ko‘p daromad oluvchi o‘yinchilar reytingidan joy oldi. Bu haqda Forbes Sport nashri ma’lum qildi.
Nashrga ko‘ra, Husanovning bir yillik umumiy daromadi 6,2 million AQSH dollariga baholangan. Shundan 5 million dollari maosh va futbol faoliyatiga to‘g‘ri kelsa, qolgan 1,2 million AQSH dollari reklama shartnomalari, tijorat loyihalari va boshqa manbalardan kelib tushadi. Futbolchining asosiy hamkorlaridan biri "Puma" kompaniyasi hisoblanadi. Shuningdek, hisoblash jarayonida 2025-yilda ishga tushirilgan AK45 energetik ichimliklar brendining umumiy daromadi ham inobatga olingan.
Forbes Sport reytingida birinchi o‘rinni 280 million AQSH dollari daromadi bilan Krishtianu Ronaldu egallagan. Undan keyingi o‘rinlarda mos ravishda 130 million AQSH dollari bilan Lionel Messi hamda 95 million AQSH dollari Kilian Mbappe qayd etilgan.