
- 0
- 18.03.2026 09:58:00
- 1 daq o'qish
17-mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “2026-yil 15-martda qabul qilingan Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Yangi Konstitutsiya Oqo‘rdada tantanali ravishda taqdim etildi.
Eslatib o‘tamiz, 15-mart kuni Qozog‘istonda yangi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazilib, 86,7% ovoz bilan yangi Konstitutsiya tasdiqlangan edi.