
- 2
- 17.06.2026 10:22:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Jaloliddin Masharipovning 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, futbolchi jarohati tufayli uzoq vaqt o‘yin amaliyotisiz qolgani va mashg‘ulotlarda to‘liq qatnasha olmagan. Uni tezroq safga qaytarish va tiklash maqsadida tibbiy shtab tomonidan zarur choralar ko‘rildi va individual tayyorgarlik dasturi asosida ish olib borilgan. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijalari FIFA tibbiy qo‘mitasiga taqdim etilgan va qo‘mita uning musobaqada qatnasha olmasligi haqida qaror chiqargan.
Masharipov o‘rniga terma jamoaning yakuniy tarkibiga Ruslanbek Jiyanov kiritildi.