
- 0
- 14.07.2026 19:10:00
- 1 daq o'qish
Jeki Channing Qozog‘istonga tashrifi yangi xalqaro film loyihasi bilan bog‘liq. Afsonaviy aktyor, rejissyor va prodyuser Jeki Chan Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatiga “Armour of God 4: Ultimatum” filmini suratga olish uchun tashrif buyurdi. Filmning asosiy suratga olish maydonlaridan biri — Mang‘istau viloyatidagi mashhur Bo‘zhira hududi bo‘ladi. Ushbu maskan o‘zining noyob qoyali manzaralari bilan dunyoga tanilgan va filmning muhim sahnalari aynan shu yerda suratga olinadi.